WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
← Barcha yangiliklar
21 AprelAprelAprel 2026 11 ko'rishlar

Xalqaro ko‘rgazma doirasida hamkorlik memorandumlari imzolandi

Avval xabar berganimizdek, INNOPROM Markaziy Osiyo xalqaro sanoat ko‘rgazmasi doirasida qator muhim uchrashuv va muzokaralar bo‘lib o‘tmoqda. Ushbu nufuzli xalqaro tadbirda Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti rektori Berdiyar Jollibekov ishtirok etmoqda.

Avval xabar berganimizdek, INNOPROM Markaziy Osiyo xalqaro sanoat ko‘rgazmasi doirasida qator muhim uchrashuv va muzokaralar bo‘lib o‘tmoqda. Ushbu nufuzli xalqaro tadbirda Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti rektori Berdiyar Jollibekov ishtirok etmoqda. Ko‘rgazma doirasida rektor B.Jollibekov Boshqirdiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalari rahbarlari bilan uchrashuv o‘tkazib, o‘zaro manfaatli hamkorlik masalalarini muhokama qildi. Muzokaralar yakunida ta’lim, fan, akademik almashinuv va qo‘shma loyihalarni rivojlantirishga qaratilgan hamkorlik memorandumlari imzolandi. Ushbu kelishuvlar ikki tomonlama aloqalarni yangi bosqichga olib chiqish, professor-o‘qituvchilar va talabalar almashinuvini yo‘lga qo‘yish, ilmiy izlanishlar va innovatsion tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetining xalqaro maydondagi bunday faol ishtiroki oliy ta’lim tizimida zamonaviy hamkorlik aloqalarini kengaytirishga xizmat qilmoqda.

Boshqa yangiliklar