WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
← Barcha yangiliklar
25 IyunIyunIyun 2026 30 ko'rishlar

Xalqaro anjuman

Bugun universitetimizda “Energetika kompleksining dolzarb muammolari: ishlab chiqarish, uzatish va ekologiya” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya boʻlib oʻtdi.

Bugun universitetimizda “Energetika kompleksining dolzarb muammolari: ishlab chiqarish, uzatish va ekologiya” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya boʻlib oʻtdi.
 
Mazkur anjuman energetika sohasidagi fundamental va amaliy tadqiqotlar natijalarini muhokama qilish, elektr energiyasini ishlab chiqarish, uzatish va taqsimlash tizimlarini takomillashtirish, qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan samarali foydalanish boʻyicha innovatsion yechimlarni ishlab chiqish hamda ilm-fan, taʼlim va ishlab chiqarish integratsiyasini mustahkamlashdan iborat boʻldi.
 
Konferensiyada Rossiya, Belorussiya, Tojikiston, Janubiy Koreya, Hindiston, Xitoy kabi davlatlardan hamda yurtimizdagi oʻnlab oliygohlardan olimlar ishtirok etdi.
 
Anjuman davomida 30 dan ortiq universitetlar olimlarining 50 dan ortiq maʼruzalari tinglandi. Dolzarb muammolar va ularning yechimlari yuzasidan amaliy takliflar bildirildi.
 
Konferensiya yakunida energetika sohasini rivojlantirish, qayta tiklanuvchi energiya manbalarini keng joriy etish, energiya samaradorligini oshirish va ekologik barqarorlikni taʼminlash boʻyicha ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqildi.

Boshqa yangiliklar