WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
← Barcha yangiliklar
25 OktabrOktabrOktabr 2025 22 ko'rishlar

Ayollar o‘rtasida stol tennisi: chaqqonlik, mahorat va g‘alaba

Oʻzbekiston kasaba uyushmalarining 120 yilligi munosabati bilan Qoʻqon davlat universitetida ayollar oʻrtasida stol tennisi boʻyicha musobaqa boʻlib oʻtdi. Tadbir “Kasaba uyushmalari – 120 yil xalq bilan birga!” shiori ostida tashkil etilib, sogʻlom turmush tarzini targʻib etish hamda jamoa ruhini mustahkamlashga qaratildi.

Qizgʻin kechgan bellashuvda ishtirokchilar mahorat, chaqqonlik va gʻalabaga boʻlgan intilishlarini namoyon etdilar. Natijada:

 1-o‘rin — Xorijiy filologiya fakulteti oʻqituvchisi Nilufar O‘sarova,
 2-o‘rin — Pedagogika va psixologiya fakulteti oʻqituvchisi Madinaxon Mahmudova,
 3-o‘rin — Xorijiy filologiya fakulteti oʻqituvchisi Saboxon Ahmadaliyevaga nasib etdi.

Musobaqa yakunida gʻoliblar faxriy yorliq va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlanidi.
 

Boshqa yangiliklar