“Yashil makon” dasturi doirasida 1000 tup archa ko‘chatlari ekildi
Qo‘qon davlat universitetida “Yashil makon” 2025-yil kuzgi umummilliy dasturi doirasida belgilangan vazifalarni amalga oshirish maqsadida navbatdagi ko‘kalamzorlashtirish ishlari olib borildi. Ushbu tashabbus asosida universitetning Qo‘qon shahri, Yangi Dehqon ko‘chasi 2-uyda joylashgan 9-o‘quv binosi hududidagi 0,225 gektar bo‘sh yer maydoniga jami 1000 dona archa (sosna) ko‘chatlari ekildi.
Shuningdek, ichimlik suvini tejash va samarali foydalanish maqsadida ekilgan ko‘chatlarni sug‘orish uchun yer osti suvidan foydalanishga mo‘ljallangan zamonaviy nasos tizimi ham o‘rnatildi. Mazkur tadbir universitet hududida yashil makonlar sonini oshirish, ekologik muhitni yaxshilash va yoshlar o‘rtasida tabiatga e’tiborni kuchaytirishga xizmat qiladi.