WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
← Barcha yangiliklar
04 AprelAprelAprel 2025 61 ko'rishlar

“Korrupsiyaga qarshi kurashish oyligi” doirasida.

Xorijiy filologiya fakultetida korrupsiyaning salbiy oqibatlarini tushuntirish va unga qarshi kurashish choralarini muhokama qilish maqsadida "Korrupsiya – rivojlanishga to‘siq" mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplaens nazorat” tizimini boshqarish boʻlimi boshligʻi Tohirjon Siddiqov ishtirok etdi.

Davra suhbati davomida korrupsiyaning jamiyat rivojlanishiga salbiy ta’siri, unga qarshi kurashish usullari va shaffoflikni ta’minlash muhimligi haqida atroflicha fikr yuritildi. Shuningdek, korrupsiyaga qarshi kurashishda har bir fuqaroning, ayniqsa, yoshlarning o‘rni va mas’uliyati alohida ta’kidlandi.

Tadbir ishtirokchilari mavzu yuzasidan o‘z fikrlarini bildirib, korrupsiyani bartaraf etish yo‘lidagi dolzarb masalalar yuzasidan savol-javob qilishdi. Uchrashuv ochiq va samimiy ruhda o‘tib, korrupsiyaga qarshi kurashish madaniyatini shakllantirishga qaratilgan muhim tashabbuslardan biri bo‘ldi.

Boshqa yangiliklar