WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
← Barcha yangiliklar
11 FevralFevralFevral 2026 111 ko'rishlar

Buxoroda milliy musobaqalar gʻoliblari taqdirlandi

Buxoro shahrida 2025-yil davomida o'tkazilgan turli milliy tanlovlar g'oliblarini taqdirlash marosimi bo'lib o'tdi. Tadbir O'zbekiston Respublikasi Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talabalar va o'quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi tomonidan tashkil etildi.

Eʼtiborlisi, “Islohotlar boʻyicha mutaxassis” milliy tanlovida faxrli uchinchi oʻrin Qoʻqon davlat universiteti magistranti va Qoʻqon shahar “Maʼrifat targʻibotchilari” guruhi aʼzosi Hasanjon Xaydarovga nasib etdi. Unga “Islohotlarning eng faol targʻibotchisi” nominatsiyasida maxsus statuetka , vazirlik diplomi va bazaviy hisoblash miqdorining oʻn baravari miqdorida pul mukofoti topshirildi.

Marosim davomida ta'lim tizimidagi islohotlarni qo'llab-quvvatlash va targ'ib qilishga qo'shgan hissasi uchun g'olib va ​​sovrindorlarga alohida e'tiroflar bildirildi.

Boshqa yangiliklar