16 IyunIyunIyun 2025
72 ko'rishlar
Mini-futbol musobaqasi gʻoliblari aniqlandi
Oʻzbekiston kasaba uyushmalari harakati tashkil topganining 120-yilligi munosabati bilan Qoʻqon davlat universitetida professor-oʻqituvchilar va ishchi-xodimlar oʻrtasida mini-futbol musobaqasi tashkil etildi.
“Yurt taraqqiyoti yoʻlida birlashaylik” shiori ostida oʻtkazilgan ushbu sport bahslari doʻstona ruhda, bir vaqtning oʻzida murosasiz va shiddatli oʻyinlar bilan davom etdi.
Musobaqaning hal qiluvchi final bellashuvlari bugun boʻlib oʻtdi. Yakuniy natijalarga koʻra:
🥇1-oʻrin – Oʻquv-uslubiy boshqarma
🥈2-oʻrin – Sanʼatshunoslik va sport fakulteti
🥉3-oʻrin – Aniq fanlar va raqamli texnologiyalar fakulteti
🏆Gʻolib va sovrindor jamoalarga esdalik sovgʻalari tantanali tarzda topshirildi.