WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
← Barcha yangiliklar
16 IyunIyunIyun 2025 333 ko'rishlar

Qabul bo‘yicha savollarga universitet “Call-markaz” xizmati mutaxassislari javob bermoqda

Abituriyentlar va ularning ota-onalariga qulaylik yaratish hamda ularni qiziqtirgan savollariga tezkor javob berish maqsadida Qo‘qon davlat universiteti qabul komissiyasi huzurida “Call-markaz” xizmati tashkil etilgan bo‘lib, unda telefon qo‘ng‘iroqlariga mutaxassislar javob berishi yo‘lga qo‘yilgan.

Hozirda fuqarolar tomonidan qabul jarayonlari, kasbiy (ijodiy) imtihonlar va talabalar o‘qishini ko‘chirish bo‘yicha +998732493838 telefon raqami orqali kelib tushayotgan savollarga mutaxassislarimiz javob berib kelishmoqda.

Ma’lumot uchun, “Call-markaz” xizmati yakshanba kunidan tashqari har kuni soat 9:00 dan 18:00 ga qadar (tushlik 12:00-13:00) faoliyat ko‘rsatadi.

Boshqa yangiliklar