06 IyulIyulIyul 2026
27 ko'rishlar
Toshkent davlat yuridik universiteti Yuridik klinikasi volontyorlari Senatdagi ochiq muloqotda ishtirok etdi
Yoshlar kuni munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi Tanzila Narbayeva volontyor yoshlar bilan uchrashdi.
Ochiq muloqot davomida volontyor yoshlar tomonidan volontyorlik harakatini yanada rivojlantirish, sohaga oid qonunchilikni takomillashtirish hamda hududlarda volontyorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashga oid taklif va mulohazalar bildirildi.
Shuningdek, yoshlarni qiziqtirayotgan dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashilib, ilgari surilgan tashabbuslarni amaliyotga tatbiq etish mexanizmlari muhokama qilindi.