WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
← Barcha yangiliklar
10 AvgustAvgustAvgust 2026 7 ko'rishlar

Lyaonin pedagogika universiteti delegatsiyasining UrDUga tashrifi

Xitoyning Lyaonin pedagogika universiteti delegatsiyasi UrDU rektori Feruza Madrahimova bilan Xiva shahrida ochilayotgan yangi filial faoliyatini yo'lga qo'yish masalalarini muhokama qildi.

Xitoyning Lyaonin pedagogika universiteti delegatsiyasi (Li Yanmin hamda Gao Chjivu boshchiligida) Urganch davlat universitetiga tashrif buyurdi. UrDU rektori Feruza Madrahimova bilan o'tkazilgan rasmiy muzokaralarda Xiva shahrida Lyaonin pedagogika universitetining yangi filialini tashkil etish va o'quv jarayonini samarali yo'lga qo'yish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, turizm, sun'iy intellekt hamda biznes va boshqaruv yo'nalishlarida UrDU professor-o'qituvchilarini ta'lim jarayoniga jalb qilish, o'quv dasturlari va adabiyotlar bilan ta'minlash yuzasidan atroflicha fikr almashildi.

Boshqa yangiliklar