Buxoro davlat texnika universitetining yengil sanoat texnologiyalari (charm buyumlari texnologiyasi) yo‘nalishidagi talabalarning dars jarayonidan videolavha
Bugungi kunda ushbu yo‘nalishda 100 dan ortiq talabalar tahsil olib, ular o‘zlarining nazariy bilimlarini amaliy mashg‘ulot davomida mokasin poyabzal turi dizaynini yaratish va tayyorlash texnologik jarayonini o'rganish tajribasini bajarmoqda.

Talabalar o‘zlarining amaliy ko‘nikmalarini sinovdan o‘tkazib, darsda oyoq kiyimi tikishni ko‘rsatdilar. Bu o‘quv mashg‘uloti talabalarga faqat nazariy bilimlarni emas, balki amaliy tajriba ham orttirishga yordam beradi.
Ular o‘zlari tomonidan tikilgan oyoq kiyimlarini taqdim etib, charm sanoatining zamonaviy talablari va texnologiyalarini amaliy tarzda namoyish etdilar. Bu kabi darslar yosh mutaxassislarning professional ko‘nikmalarini mustahkamlashda muhim ahamiyatga ega.