WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
← Barcha yangiliklar
14 SentabrSentabrSentabr 2025 66 ko'rishlar

Osiyo Taraqqiyot Banki vitse-prezidenti Yingming Yang Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar institutida bo‘ldi!

2025-yil 14-sentyabr kuni Osiyo Taraqqiyot Bankining (OTB) Janubiy, Markaziy va G‘arbiy Osiyo bo‘yicha vitse-prezidenti janob Yingming Yang hamda OTB vakillari – Markaziy va G‘arbiy Osiyo departamenti bosh direktori Leah Gutierrez, Inson va ijtimoiy rivojlanish bo‘yicha katta sektor direktori Ayako Inagaki va OTBning O‘zbekistondagi vakolatxonasi direktori Kanokpan Lao-Araya xizmat safari bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasiga tashrif buyurdi.

- Xizmat safari doirasida mehmonlar dastlab Nukus tumanida joylashgan Don va sholi ilmiy ishlab chiqarish birlashmasining tajriba maydonida o‘tkazilgan tadbirda ishtirok etdilar. Tadbirda birlashmaning ilmiy-amaliy faoliyati va erishilgan natijalari haqida ma’lumot berildi.
 
- Shundan so‘ng delegatsiya Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar institutiga tashrif buyurdi. Mehmonlarni institut rektori B.Jollibekov kutib oldi va institut faoliyati, mavjud imkoniyatlari hamda amalga oshirilayotgan ilmiy-amaliy loyihalar bilan tanishtirdi. 

- OTB vakillarining tashrifi institut hayotida muhim voqea bo‘lib, qishloq xo‘jaligi sohasi uchun yuqori malakali kadrlar tayyorlash va ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirishda xalqaro hamkorlik imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qiladi.

Boshqa yangiliklar