WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
← Barcha yangiliklar
07 AprelAprelAprel 2026 4 ko'rishlar

Malayziyada O‘zbekiston – Malayziya ayol rektorlar forumi o‘z ishini boshlamoqda

Melaka shahrida ayol olimalarning innovatsiya va barqaror rivojlanishdagi o‘rniga bag‘ishlangan nufuzli xalqaro forumga tayyorgarlik ko‘rilmoqda.

Shu kunlarda Malayziyaning Melaka shahrida “Innovatsiya va barqaror rivojlanishni taʼminlashda ayol olimalarning salohiyatini kuchaytirish: O‘zbekiston – Malayziya oliy taʼlim hamkorligi” mavzusida ayol rektorlar forumi bo‘lib o‘tmoqda.

Ayni damda forum doirasida O‘zbekiston universitetlari, xususan, Xorazm viloyati oliy ta’lim muassasalarining ko‘rgazmalariga qizg‘in tayyorgarlik ko‘rilmoqda. Urganch davlat universiteti mas’ul xodimi Elyor Yuldashev hamda Urganch davlat pedagogika instituti fakultet dekani Feruza Radjabovalar tomonidan Xorazmning milliy qadriyatlari va hududiy OTMlar faoliyatini aks ettiruvchi maxsus eksponatlar tayyorlandi.

Bugun kun davomida forumni tashkil etish bo‘yicha muzokaralar o‘tkazildi. Tadbirning asosiy dasturi ertaga kunning birinchi yarmi boshlanadi. Forumda respublikamiz oliy ta’lim muassasalari rektorlari, jumladan, Urganch davlat universiteti rektori Feruza Madraximova ishtirok etishi kutilmoqda.

Boshqa yangiliklar