WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
← Barcha yangiliklar
26 SentabrSentabrSentabr 2024 14 ko'rishlar

O‘zbekiston-Italiya ta’lim forumi

Birinchi O‘zbekiston-Italiya ta’lim forumi doirasida Italiya oliy ta’lim muassasalari vakillari Buxoro davlat universitetiga tashrif buyurishdi

Ayni damda Buxoro davlat universitetida Birinchi O‘zbekiston-Italiya ta’lim forumi doirasida Italiya oliy ta’lim muassasalari vakillari ishtirokida davra suhbati tashkil etilmoqda. Ushbu davra suhbatida Italiya Universitetlar va tadqiqotlar vazirligi hamda uning huzuridagi 10 dan ortiq universitetlar hamda O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalari rahbarlari va mas’ul vakillar ishtirok etishmoqda. 

Kun tartibida O‘zbekiston va Italiya universitetlarning hamkorliging yangi bosqichga o'tishi masalalalari belgilangan. Davra suhbatini Oliy ta`lim, fan va innovatsiyalar vazirligi vakili Gulruh Umarova, Buxoro davlat universiteti Xalqaro hamkorlik bo'yicha prorektori Abror Jo'rayevlar ochib berdilar. 

Shuningdek, davra suhbati davomida Italiyaning mashhur Perudja chet elliklar universiteti, Rimning Roma Tre universiteti, Piza universiteti,  Milano Bikoka universiteti, Turin Politexnika universiteti, Salento universiteti, Venetsiyaning Foskari universiteti hamda bir qator respublikamizning oliy ta`lim muassasalari vakillari o‘zlarining oliy ta’lim muassasalari haqida taqdimot qilib, muhim ma’lumotlar bilan o‘rtoqlashishmoqda.

Boshqa yangiliklar