O‘zbekiston delegatsiyasi Yevropaning ilg‘or universitetida: yangi imkoniyatlar ochilmoqda!
O‘zbekiston delegatsiyasi Yevropaning ilg‘or universitetida: yangi imkoniyatlar ochilmoqda!
O‘zbekiston delegatsiyasi Yevropaning ilg‘or universitetida: yangi imkoniyatlar ochilmoqda!
📍 Avstriyaning Krems shahrida joylashgan IMC Krems amaliy fanlar universitetiga O‘zbekiston delegatsiyasining rasmiy tashrifi boshlandi.
Delegatsiya tarkibida Buxoro viloyati hokimi o‘rinbosari Baxtiyor Adilov va Kasbiy ta’lim boshqarmasi boshlig‘i Azamat Naimov, Boshqaruv samaradorligi agentligi vakili Asqar Beknazarov, NamDTU Xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektori Ilhomjon Abdurahmanov hamda O‘zbekistonning Avstriyadagi elchixonasi konsuli Shuhrat Fozilov ishtirok etmoqda.
Delegatsiyani universitet ta’sischisi Heinz Boyer boshchiligidagi vakillar kutib oldi.
Tashrifning asosiy maqsadi:
- turizm va mehmondo‘stlik yo‘nalishida zamonaviy kadrlar tayyorlash;
- talabalar uchun xorijda ta’lim va stajirovka imkoniyatlarini kengaytirish;
- O‘zbekiston–Avstriya o‘rtasida ta’lim sohasidagi hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish.
Tashrifning birinchi kunida delegatsiya universitetning Turizm va mehmondo‘stlik maktabi faoliyati, ta’lim tizimi hamda zamonaviy infratuzilmasi bilan yaqindan tanishdi.
Bu tashrif — O‘zbekiston talabalari uchun Yevropada o‘qish va ishlash imkoniyatlarini kengaytiruvchi muhim qadam!
Tashrif davom etmoqda…