WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
← Barcha yangiliklar
20 IyunIyunIyun 2026 13 ko'rishlar

O‘zbekiston–Xitoy hamkorligi: Muhandislik taʼlimi va sanoat integratsiyasining yangi bosqichi

Oliy taʼlim vaziri oʻrinbosari Oʻktam Salomov Xitoyning XCMG korporatsiyasi va Syuychjou texnologiya universiteti vakillari bilan muhandislik taʼlimini sanoat bilan integratsiya qilish masalalarini muhokama qildi.

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri oʻrinbosari Oʻktam Salomov Xitoyning yetakchi sanoat kompaniyalaridan biri — XCMG korporatsiyasi hamda Syuychjou texnologiya universiteti vakillari bilan uchrashuv oʻtkazdi. Muloqotda Urganch davlat universiteti, Toshkent davlat texnika universiteti, TIQXMMI Milliy tadqiqot universiteti va Innovatsion rivojlanish agentligi masʼullari ham ishtirok etdi.
Uchrashuv davomida Oʻzbekiston va Xitoy oliy taʼlim muassasalari oʻrtasidagi hamkorlikni kengaytirish, taʼlim, ilm-fan va innovatsiyalar sohalarida qoʻshma loyihalarni amalga oshirish masalalari koʻrib chiqildi. Shuningdek, zamonaviy muhandislik kadrlarini tayyorlashda ishlab chiqarish bilan integratsiyalashgan taʼlim modellarini rivojlantirishga alohida urgʻu berildi.

Boshqa yangiliklar