26 IyunIyunIyun 2026
18 ko'rishlar
UrDU prorektori Xitoyda o‘tkazilayotgan xalqaro kongressda ishtirok etmoqda.
Urganch davlat universiteti prorektori G‘.Raximov Sian shahrida o‘tayotgan Xitoy-Markaziy Osiyo yetakchi kadrlari kongressida oliy ta’lim va innovatsiya masalalarini muhokama qilmoqda.
-
Xitoyning Sian shahrida Xitoy-Markaziy Osiyo yetakchi kadrlari tadqiqot va almashinuv kongressi davom etmoqda. Unda UrDU O‘quv ishlari bo‘yicha prorektori G‘ayrat Raximov ishtirok etib, inson kapitalini rivojlantirish, yoshlar siyosati va ilmiy hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qilmoqda. Forum doirasida panel sessiyalari, tajriba almashish uchrashuvlari hamda Xitoyning yetakchi ilmiy markazlariga tashriflar amalga oshirilmoqda.