WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
← Barcha yangiliklar
18 IyunIyunIyun 2026 4 ko'rishlar

UrDU talabalari Turkiyada xalqaro amaliyot o‘tamoqda

Urganch davlat universiteti Kimyoviy texnologiyalar fakulteti talabalari Turkiyaning Aksaroy universiteti va yirik oziq-ovqat korxonalarida malaka oshirmoqdalar.

Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti Kimyoviy texnologiyalar fakulteti Oziq-ovqat texnologiyalari kafedrasi talabalari 2026-yilning 9–19-iyun kunlari Turkiyaning Aksaroy universitetida amaliyot o‘tamoqdalar.
Dastur davomida talabalar oziq-ovqat sanoatining zamonaviy texnologiyalari bilan yaqindan tanishib, nazariy bilimlarini amaliyotda qo‘llash imkoniga ega bo‘lmoqdalar. Xususan, ular Anqaradagi "Sûtaş" sutni qayta ishlash zavodi, "Döndirma" muzqaymoq korxonasi hamda turli chips ishlab chiqarish zavodlarida bo‘lib, ishlab chiqarish jarayonlarini o‘rganishmoqda. Ushbu xalqaro amaliyot talabalarning kasbiy mahoratini oshirish hamda universitetlararo hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qiladi.

Boshqa yangiliklar