18 MayMayMay 2026
5 ko'rishlar
UrDU talabasi Xalqaro sport festivalida g‘olib bo‘ldi
Istanbulda o‘tkazilgan 45-Xalqaro talabalar sport festivalida UrDU talabasi Sevinchoy Bahramova badminton bo‘yicha oltin medalni qo‘lga kiritib, chempion bo‘ldi.
-
Joriy yilning 14-17-may kunlari Turkiyaning Istanbul shahrida 45-Xalqaro talabalar sport festivali bo‘lib o‘tdi. Ushbu nufuzli musobaqaning badminton turnirida Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti talabasi Sevinchoy Bahramova ishtirok etdi. Qizlar o‘rtasidagi yakkalik bahslarida mahorat ko‘rsatgan Sevinchoy barcha raqiblarini mag‘lub etib, faxrli 1-o‘rinni va xalqaro festival chempionligini qo‘lga kiritdi. Universitet jamoasi nomidan talabamizni ushbu yuksak yutuq bilan muborakbod etamiz!