WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
← Barcha yangiliklar
27 IyunIyunIyun 2026 17 ko'rishlar

UrDU vakillari Qirgʻizistondagi “Study in Uzbekistan” taʼlim koʻrgazmasida ishtirok etdi.

Urganch davlat universiteti vakillari Osh shahrida bo‘lib o‘tgan xalqaro ko‘rgazmada qirg‘izistonlik yoshlarga universitetning ta’lim imkoniyatlarini tanishtirdilar.

2026-yil 25–26-iyun kunlari Osh shahridagi Botirali Siddiqov nomidagi qirg‘iz–o‘zbek xalqaro universitetida “Study in Uzbekistan” ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi. Unda UrDU vakillari A.Reyimberganov va A.Muxtoraliyev ishtirok etib, universitetning ta’lim yo‘nalishlari, xalqaro dasturlar va xorijiy talabalar uchun yaratilgan sharoitlar haqida ma’lumot berdilar. Tadbir qirg‘iz yoshlarining O‘zbekiston oliy ta’lim tizimiga qiziqishini oshirish maqsadida tashkil etildi.

Boshqa yangiliklar