WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
← Barcha yangiliklar
08 IyunIyunIyun 2026 8 ko'rishlar

UrDU professori Koreya ta’lim markazi hamkorlik kengashida ishtirok etdi

Toshkentda o‘tkazilgan "Koreya ta’lim markazi va universitetlar o‘rtasidagi I hamkorlik kengashi"da UrDU Koreyashunoslik markazi koordinatori Jamila Ermetova ishtirok etdi.

Urganch davlat universiteti Xotin-qizlar masalalari maslahat kengashi raisi, professor Jamila Ermetova Toshkent shahridagi Koreya ta’lim markazi tomonidan tashkil etilgan “2026-yil Koreya ta’lim markazi va koreys tili yo‘nalishi mavjud universitetlar o‘rtasidagi I hamkorlik kengashi”da ishtirok etdi. Kengash davomida Koreyashunoslik markazlari faoliyatini takomillashtirish, koreys tili ta’limi sifatini oshirish hamda OTMlar o‘rtasida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi. Ushbu hamkorlik kengashi koreyashunoslik yo‘nalishidagi ilmiy va madaniy aloqalarni yangi bosqichga olib chiqishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Boshqa yangiliklar