WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
← Barcha yangiliklar
13 MayMayMay 2026 12 ko'rishlar

UrDU rektori Markaziy Osiyo va Ozarbayjon yetakchi ayollari muloqoti hamda Osiyo xotin-qizlar forumida ishtirok etdi

Buxoroda o‘tayotgan nufuzli Osiyo xotin-qizlar forumida UrDU rektori Feruza Madrahimova ishtirok etib, ilm-fanda ayollar yetakchiligi va xalqaro hamkorlik masalalarida ma’ruza qildi.

  • Bugun Buxoro viloyatida Markaziy Osiyo va Ozarbayjon yetakchi ayollari muloqoti hamda Osiyo xotin-qizlar forumi o‘z ishini boshladi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Narbayeva ishtirokida o‘tayotgan ushbu nufuzli tadbirda 20 dan ortiq davlatlar, xalqaro tashkilotlar vakillari hamda respublikamizning boshqaruv va ta’lim sohasidagi yetakchi ayollari qatnashmoqda.
    Forumda Urganch davlat universiteti rektori Feruza Madrahimova ham ma’ruza bilan ishtirok etib, Buyuk Ipak yo‘li an’analari va umumiy qadriyatlar doirasida ilm-fan, innovatsiya hamda xalqaro aloqalarni mustahkamlashda ayollarning o‘rni haqida to‘xtalib o‘tdi. Ushbu muloqot maydoni mintaqa mamlakatlarini barqaror taraqqiyot yo‘lida yanada yaqinlashtirishga xizmat qiladi.


Boshqa yangiliklar