WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
← Barcha yangiliklar
08 IyunIyunIyun 2026 7 ko'rishlar

UrDU rektori Xitoyda: Xiva shahridagi filialni tashkil etish bo‘yicha muhim muzokaralar o‘tkazildi

Xitoyga tashrif doirasida Xiva shahrida Lyaonin pedagogika universiteti filialini ochish bo‘yicha imzolangan uch tomonlama bitim ijrosi va tomonlarning vazifalari muhokama qilindi.

Avval xabar berganimizdek, ayni kunlarda Urganch davlat universiteti rektori Feruza Madrahimova Xitoy Xalq Respublikasining Lyaonin provinsiyasi Dalyan shahridagi Lyaonin pedagogika universitetida xizmat safarida bo‘lib turibdi.
Rektor F.Madrahimova uchrashuvlar davomida Lyaonin pedagogika universiteti prorektori Li Yujyun hamda universitetning Xalqaro hamkorlik boshqarmasi va institut direktorlari bilan muzokaralar o‘tkazdi. Muzokaralar markazida Xiva shahrida barpo etilayotgan Lyaonin pedagogika universiteti filialining tashkiliy jarayonlari bo‘ldi. Tomonlar O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Lyaonin pedagogika universiteti va UrDU o‘rtasida imzolangan uch tomonlama bitimning mazmun-mohiyati, unda belgilangan vazifalar, vakolatlar va majburiyatlarni atroflicha muhokama qildilar. Safar jarayonlari davom etmoqda.

Boshqa yangiliklar