WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
← Barcha yangiliklar
09 IyunIyunIyun 2026 8 ko'rishlar

UrDU rektori Feruza Madrahimova Lyaonin pedagogika universitetining Faxriy professori bo‘ldi

Urganch davlat universiteti rektori Xitoyda bo‘lib, Xiva shahrida Lyaonin pedagogika universiteti filialini tashkil etish masalalarini muhokama qildi va Faxriy professor unvoni bilan taqdirlandi.

7-9-iyun kunlari Urganch davlat universiteti rektori Feruza Madrahimova Xitoy Xalq Respublikasining Dalyan shahridagi Lyaonin pedagogika universitetida xizmat safarida bo‘ldi. Tashrif davomida rektor universitet rahbariyati bilan Xiva shahrida tashkil etilayotgan Lyaonin pedagogika universiteti filialining tashkiliy jarayonlari hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Lyaonin pedagogika universiteti va UrDU o‘rtasidagi uch tomonlama bitim bandlarini muhokama qildi.
Safar doirasida o‘tkazilgan "Xitoy–O‘zbekiston gumanitar almashuvi" simpoziumida F.Madrahimova o‘z ma’ruzasi bilan ishtirok etdi. Tadbir yakunida UrDU rektoriga Lyaonin pedagogika universitetining Faxriy professori unvoni tantanali ravishda topshirildi. Bu yuksak e’tirof ikki oliygoh o‘rtasidagi samarali hamkorlik va universitetning xalqaro miqyosdagi nufuzi natijasidir.

Boshqa yangiliklar