WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
← Barcha yangiliklar
23 IyulIyulIyul 2026 4 ko'rishlar

UrDU professori Umida Baltayeva Xalqaro Matematika Ittifoqi qo‘mitasiga a'zo bo‘ldi

Urganch davlat universiteti professori Umida Baltayeva Nyu-Yorkda o'tkazilgan Bosh Assambleyada Xalqaro Matematika Ittifoqi (IMU)ning Rivojlanayotgan davlatlar qo‘mitasi a'zoligiga saylandi.

Urganch davlat universiteti professori va Xorazm Ma'mun akademiyasi bosh ilmiy xodimi Umida Baltayeva Xalqaro Matematika Ittifoqi (IMU)ning Rivojlanayotgan davlatlar qo‘mitasi (Committee for Developing Countries) a'zoligiga saylandi. Ushbu qaror AQShning Nyu-York shahrida o‘tkazilgan IMU Bosh Assambleyasining yig‘ilishida qabul qilindi. Bu natija O‘zbekiston matematika fani va UrDU ilmiy salohiyatining xalqaro miqyosdagi yuksak e'tirofi bo‘ldi. Universitet jamoasi Umida Baltayevani ushbu muvaffaqiyat bilan samimiy muborakbod etdi.

Boshqa yangiliklar