WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
← Barcha yangiliklar
14 MartMartMart 2026 16 ko'rishlar

UrDU o‘qituvchisi Hindistonning nufuzli huquq universitetida malaka oshirmoqda

Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar fakulteti o‘qituvchisi M. Aminova Hindiston hukumati tomonidan tashkil etilgan ITEC dasturi doirasida xalqaro huquqiy tajriba o‘rganmoqda.

Ayni kunlarda Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar fakulteti Huquq kafedrasi o‘qituvchisi M. Aminova Hindiston Respublikasida xizmat safarida bo‘lib turibdi.

U Hindiston hukumati tomonidan amalga oshirilayotgan nufuzli ITEC (Indian Technical and Economic Cooperation) dasturi doirasida Jodhpur Milliy huquq universitetida o‘z malakasini oshirmoqda.

Stajirovka davomida ishtirokchilar quyidagi dolzarb yo‘nalishlarda xalqaro tajriba almashmoqdalar:

  • Zamonaviy huquqiy ta’lim tizimi;

  • Xalqaro va raqamli huquqiy jarayonlar;

  • Global huquqiy amaliyotning zamonaviy tendensiyalari.

Ushbu xalqaro dastur o‘qituvchimizning kasbiy mahoratini oshirish bilan birga, universitetimizda huquqshunoslik fanlarini o‘qitishda ilg‘or xorijiy uslublarni tatbiq etishga xizmat qiladi.

Boshqa yangiliklar