WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
← Barcha yangiliklar
23 MartMartMart 2026 12 ko'rishlar

UrDU va Qozog‘iston sport va turizm akademiyasi o‘rtasida hamkorlik o‘rnatildi

Urganch davlat universiteti va Qozog‘iston sport va turizm akademiyasi o‘rtasida akademik mobillik, qo‘shma ilmiy tadqiqotlar va ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan hamkorlik kelishuvi imzolandi.

23-mart kuni Urganch davlat universitetiga Qozog‘iston sport va turizm akademiyasi rektori Qayrat Zakiryanov tashrif buyurdi. Mehmonni universitet rektori Feruza Madraximova qabul qildi. Uchrashuvda O‘zbekiston Talabalar sporti assotsiatsiyasi raisining birinchi o‘rinbosari Erkin Qodirov hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi mas’ullari ham ishtirok etishdi.

Muzokaralar yakunida ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasida hamkorlik kelishuvi imzolandi. Mazkur hujjat quyidagi yo‘nalishlarni qamrab oladi:

  • Akademik mobillik dasturlarini amalga oshirish;

  • Ilmiy-texnik tadqiqotlar sohasida hamkorlik;

  • Qo‘shma ta’lim va madaniy dasturlarni yo‘lga qo‘yish;

  • Xalqaro loyihalar, konferensiya va seminarlarni birgalikda tashkil etish.

Ushbu kelishuv ikki qardosh davlat OTMlari o‘rtasidagi do‘stona aloqalarni mustahkamlash va ta’lim xizmatlari sifatini yangi bosqichga ko‘tarishga xizmat qiladi.

Boshqa yangiliklar