WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
← Barcha yangiliklar
15 IyunIyunIyun 2026 8 ko'rishlar

UrDU va Ispaniya oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida hamkorlik o‘rnatildi

Ispaniyada o‘tgan O‘zbekiston-Ispaniya rektorlar forumida UrDU rektori ishtirok etib, Rey Xuan Karlos, Kadis va Saragosa universitetlari bilan hamkorlik shartnomalarini imzoladi.

Joriy yilning 10-13-iyun kunlari Ispaniya Qirolligida O‘zbekiston va Ispaniya oliy ta’lim muassasalari rektorlarining birinchi forumi bo‘lib o‘tdi. Mazkur xalqaro tadbirda Urganch davlat universiteti rektori Feruza Madraximova ishtirok etdi.
Forum doirasida o‘tkazilgan muzokaralar natijasida UrDU Ispaniyaning nufuzli Rey Xuan Karlos universiteti, Kadis universiteti hamda Saragosa universiteti bilan hamkorlik shartnomalarini imzoladi. Ushbu kelishuvlar akademik almashinuvni yo‘lga qo‘yish, qo‘shma ilmiy loyihalarni amalga oshirish hamda universitetning xalqaro miqyosdagi nufuzini yanada yuksaltirishga xizmat qiladi.

Boshqa yangiliklar