UrDU va Malayziyaning Islom fanlar universiteti o‘rtasida hamkorlik shartnomasi imzolandi
Urganch davlat universiteti rektori Malayziyaga tashrifi doirasida Islom fanlar universiteti (USIM) bilan muhandislik, turizm va filologiya yo‘nalishlarida talabalar almashinuvini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha kelishuvga erishdi.
Bugun Urganch davlat universiteti rektori Feruza Madrahimova Malayziyaning Kuala-Lumpur shahrida joylashgan nufuzli Islom fanlar universitetining (USIM) rektori Sharifudin Shaarani hamda Muhandislik va atrof-muhit meʼmorligi fakulteti dekani Nurul Syala bilan uchrashdi. Uchrashuv davomida ikki oliygoh o'rtasida muhandislik, turizm va xorijiy filologiya yo’nalishlarida talabalar almashinuvini amalga oshirish, shuningdek, xalqaro ilmiy anjumanlar tashkil etish bo’yicha rasmiy hamkorlik shartnomasi imzolandi. Tashrif yakunida rektor F.Madrahimova Islom fanlar universiteti muzeyining faxriy mehmonlar kitobiga oliygoh rivoji uchun o‘zining samimiy tilaklarini yozib qoldirdi.