10 FevralFevralFevral 2026
7 ko'rishlar
UrDU va Istanbul Tijorat universiteti: Hamkorlikning amaliy bosqichi
UrDU rektori v.v.b. S.Xodjaniyazov Istanbul Tijorat universitetida bo‘lib, 2025-yilda imzolangan kelishuvlarni amalga oshirish va akademik almashinuvni kengaytirish masalalarini muhokama qildi.
Turkiya Respublikasida xizmat safari bilan bo‘lib turgan Urganch davlat universiteti rektori v.v.b. S.Xodjaniyazov Istanbul Tijorat universiteti rektori, professor Necip Șimșek bilan uchrashdi. Muloqot davomida 2025-yil noyabr oyida imzolangan hamkorlik shartnomasi doirasidagi navbatdagi qadamlar — ilmiy-tadqiqot, akademik almashinuv va qo‘shma loyihalarni hayotga tatbiq etish masalalari atroflicha ko‘rib chiqildi. Mazkur tashrif ikki oliygoh o‘rtasidagi aloqalarni sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqishga xizmat qiladi.