WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
← Barcha yangiliklar
09 FevralFevralFevral 2026 4 ko'rishlar

UrDU va Malayziya Xalqaro Islom universiteti: Xalqaro mobillikning yangi bosqichi

Malayziyaning nufuzli Xalqaro Islom universiteti (Top-500) professor-talabalari UrDUga 1 semestr muddatga akademik mobillik dasturi asosida tashrif buyurishdi.

Ta’lim xizmatlari eksportini kengaytirish doirasida Urganch davlat universitetiga Malayziyaning Xalqaro Islom universiteti professori Rafidah Sahar va bir guruh talabalar tashrif buyurdi. Tashrif davomida oliygoh rahbariyati bilan kelgusi rejalar muhokama qilindi. Kelishuvga ko‘ra, malayziyalik talabalar bir semestr davomida UrDUda tahsil olishadi, professor Rafidah Sahar esa talabalar uchun tarjima nazariyasi va ingliz adabiyoti fanlaridan dars mashg‘ulotlari o‘tadi. Bu hamkorlik ta’lim sifatini oshirish va xalqaro tajriba almashishda muhim ahamiyatga ega.


Boshqa yangiliklar