WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
← Barcha yangiliklar
21 MayMayMay 2026 7 ko'rishlar

UrDU va Anqara Yildirim Boyazid universiteti o‘rtasida hamkorlik shartnomasi imzolandi

O‘zbekiston–Turkiya IV rektorlar forumi doirasida Urganch davlat universiteti va Turkiyaning nufuzli Anqara Yildirim Boyazid universiteti o‘rtasida ta’lim va ilm-fan sohalarida hamkorlik kelishuvi imzolandi.

Buxoro shahrida o‘tkazilayotgan O‘zbekiston–Turkiya IV rektorlar forumi doirasida Urganch davlat universiteti rektori, professor Feruza Madrahimova hamda Anqara Yildirim Boyazid universiteti rektori, professor Ali Jengiz Ko‘seo‘g‘lu o‘rtasida rasmiy muzokaralar bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv yakunida ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasida o‘quv jarayonlarini takomillashtirish, ilmiy-tadqiqot ishlarini hamkorlikda olib borish hamda akademik almashinuvni kengaytirishga qaratilgan o‘zaro hamkorlik shartnomasi imzolandi. Mazkur hujjat ikki universitet o‘rtasidagi aloqalarni yangi bosqichga olib chiqishda muhim huquqiy asos bo‘lib xizmat qiladi.

Boshqa yangiliklar