WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
← Barcha yangiliklar
30 MartMartMart 2026 10 ko'rishlar

Urganch davlat universitetida Turkiyaning yirik tashkilotlari bilan hamkorlik masalalari muhokama qilindi

UrDU rektori Turkiyaning “Janna group” va “Dünyagöz” tashkilotlari vakillari bilan uchrashdi. Muloqotda turk tili yo‘nalishini ochish va xalqaro sertifikatlar berish loyihasi ilgari surildi.

Bugun Urganch davlat universitetiga Turkiya Respublikasining “Janna group” Boshqaruv kengashi raisi Hasan O‘zkaracalar va “Dünyagöz” tashkilotining Xalqaro savdo va biznesni rivojlantirish direktori Mert Demirsöz tashrif buyurdi. Mehmonlarni universitet rektori Feruza Madraximova qabul qildi.

Uchrashuvda turkiyalik hamkorlar Urganch davlat universiteti bilan yirik loyihalarni amalga oshirishga tayyor ekanliklarini bildirdilar. Muzokaralar markazida quyidagi tashabbuslar turdi:

  • Universitetda turk tiliga ixtisoslashgan yangi ta’lim yo‘nalishini ochish;

  • Ushbu yo‘nalishga nafaqat talabalarni, balki texnikum va litsey o‘quvchilarini ham jalb qilish;

  • Turkiyalik mutaxassislar tomonidan dars mashg‘ulotlarini tashkil etish va bitiruvchilarga xalqaro sertifikatlar taqdim etish.

Rektor Feruza Madraximova ushbu takliflarni qo‘llab-quvvatlab, ular asosida amaliy hamkorlik yo‘lga qo‘yilishini ta’kidladi.

Boshqa yangiliklar