11 FevralFevralFevral 2026
8 ko'rishlar
Urganch davlat universiteti va Turkiyaning Anadolu universiteti: Yangi hamkorlik bosqichi
UrDU rektori v.v.b. S.Xodjaniyazov Turkiyaning Anadolu universitetida bo‘lib, inklyuziv va masofaviy ta’lim sohasida hamkorlik memorandumini imzoladi.
Urganch davlat universiteti rektori v.v.b. S.Xodjaniyazov Turkiya Respublikasiga xizmat safari doirasida Anadolu universitetiga tashrif buyurdi. Tashrif davomida inklyuziv ta’lim instituti hamda masofaviy ta’lim fakulteti faoliyati o‘rganildi. Zamonaviy raqamli platformalar va maxsus pedagogik yondashuvlar bo‘yicha tajriba almashishga kelishib olindi. Muloqotlar yakunida ikki OTM o‘rtasida akademik almashinuv va ta’lim sifatini oshirishni ko‘zda tutuvchi rasmiy memorandum imzolandi.