Universitetda yangi xalqaro markazlar faoliyati yo‘lga qo‘yildi
Universitetda yangi xalqaro markazlar faoliyati yo‘lga qo‘yildi
Universitetda yangi xalqaro markazlar faoliyati yo‘lga qo‘yildi
Bugun Navoiy davlat universitetida Pekin qishloq xo‘jaligi kasb-hunar kolleji va Beijing Shengxi qishloq xo‘jaligini rivojlantirish kompaniyasi bilan hamkorlikda “Asparagus” hamda “Ipak yo‘li” ilmiy-tadqiqot markazlarining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
“Asparagus” ilmiy-tadqiqot markazi - qishloq xo‘jaligida zamonaviy agrotexnologiyalarni joriy etish va eksportbop mahsulotlar yetishtirishni rivojlantiradi.
“Ipak yo‘li” qishloq xo‘jaligi mutaxassislari amaliyot markazi esa yuqori malakali kadrlar tayyorlash, ta’lim jarayonida nazariya va amaliyot uyg‘unligini ta’minlash, talabalar hamda mutaxassislarning amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan.
Tantanali ochilish marosimida universitetimiz rektori Muxiddin Kalonov, Xitoydan tashrif buyurgan mehmonlar, professor-o‘qituvchilar, talabalar va soha mutaxassislari ishtirok etdi.
Tadbir qatnashcilari markazlarda yaratilgan sharoitlar, zamonaviy laboratoriya uskunalari, innovatsion ishlanmalar va ilmiy tadqiqotlar olib borish imkoniyatlari bilan yaqindan tanishdilar