WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
← Barcha yangiliklar
15 IyulIyulIyul 2026 20 ko'rishlar

Universitet rektori Xitoydagi tashrif doirasida ta’lim sohasidagi hamkorlik istiqbollarini muhokama qildi

Shu kunlarda Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti rektori Berdiyar Jollibekov xizmat safari bilan Xitoy Xalq Respublikasida bo‘lib turibdi. Xizmat safari doirasida u Shanxay zamonaviy kimyo sanoati kasb-hunar institutida bo‘ldi.

Shu kunlarda Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti rektori Berdiyar Jollibekov xizmat safari bilan Xitoy Xalq Respublikasida bo‘lib turibdi. Xizmat safari doirasida u Shanxay zamonaviy kimyo sanoati kasb-hunar institutida bo‘ldi. Tashrif davomida universitet rektori Berdiyar Jollibekov mazkur institut prezidenti Chen Syaobin bilan uchrashib, ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasidagi hamkorlik istiqbollari bo‘yicha muzokaralar olib bordi. Samimiy va konstruktiv ruhda o‘tgan muloqot davomida ta’lim sifatini oshirish, zamonaviy mutaxassislar tayyorlash, akademik almashinuvni rivojlantirish va qo‘shma ta’lim loyihalarini amalga oshirish masalalari muhokama qilindi. Uchrashuv yakunida tomonlar yangi o‘quv yilidan boshlab dual ta’lim tizimini joriy etish, zamonaviy talablar asosida yangi o‘quv rejalari va ta’lim dasturlarini birgalikda ishlab chiqish bo‘yicha hamkorlik memorandumini imzoladi. Mazkur memorandum ikki ta’lim muassasasi o‘rtasidagi hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish, ilg‘or tajribalarni o‘zaro almashish va xalqaro ta’lim standartlariga mos malakali kadrlar tayyorlashga xizmat qilishi kutilmoqda.

Boshqa yangiliklar