Turkiyalik olimlar Urganch davlat universitetida dars mashg‘ulotlari o‘tkazishdi
Turkiyaning nufuzli universitetlari professor-o‘qituvchilari Urganch davlat universiteti talabalari uchun o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashib, mahorat darslari o‘tishdi.
Urganch davlat universiteti va Turkiyaning yetakchi oliy ta’lim muassasalari o‘rtasidagi xalqaro hamkorlik doirasida turkiyalik olimlar tashrifi amalga oshirildi.
Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar fakultetining Iqtisodiyot, Tarix, Yurisprudensiya, Buxgalteriya hisobi, Marketing, Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar yo‘nalishlarida quyidagi professorlar dars mashg‘ulotlarini olib bordilar:
-
Hajı Bayram Veli universiteti: Prof. Cemile Kınacı Baran, Dr. Erdi Erbeden, Dr. Zeynep Aslan, Prof. Dr. Guljanat Qurmangaliyeva Ercilasun, Prof. Dr. Hoshim Özüdoğru;
-
Marmara universiteti: Dr. Başak Kuzakchi;
-
Yildiz Texnika universiteti: Dr. Huseyin Arif Kinaci.
Shuningdek, Fizika-matematika fakulteti talabalari va tadqiqotchilari uchun Hajı Bayram Veli universiteti professori Metin Orbay tomonidan maxsus dars mashg‘ulotlari tashkil etildi. Ushbu xalqaro tashrif talabalarga global bilim va tajriba almashinuvi hamda ilg‘or pedagogik yondashuvlarni o‘rganish uchun ajoyib imkoniyat yaratdi.