WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
← Barcha yangiliklar
28 AprelAprelAprel 2026 13 ko'rishlar

Turkiyalik professor UrDU rektoriga o‘z muallifligidagi kitoblarni taqdim etdi

Urganch davlat universitetida faoliyat yuritayotgan Yildiz texnika universiteti professori Sulaymon Do‘g‘an rektor Feruza Madrahimova bilan uchrashib, o‘zining tarixiy asarlarini sovg‘a qildi.

  • Ayni kunlarda Urganch davlat universitetining Falsafa kafedrasida samarali faoliyat olib borayotgan Turkiyaning Yildiz texnika universiteti professori Sulaymon Do‘g‘an universitet rektori Feruza Madrahimova bilan uchrashdi. Professor muloqot davomida o‘z muallifligidagi tarixiy kitoblarni rektorga taqdim etdi.
    Ta’kidlash joizki, Sulaymon Do‘g‘an 2026-yil fevral oyidan buyon UrDUda Yurisprudensiya va Tarix yo‘nalishi talabalariga dars berib kelmoqda. Uchrashuvda professor universitetda yaratilgan zamonaviy ta’lim muhiti va talabalarning salohiyati haqida o‘zining ijobiy fikrlarini bildirdi. Shuningdek, tomonlar ilmiy-akademik hamkorlikni yanada kengaytirish va o‘zaro tajriba almashish istiqbollarini muhokama qildilar.


Boshqa yangiliklar