TDYUda “International Criminal Court and ICC Moot Court Competition — 2025” onlayn yozgi maktabi tashkil etilmoqda
Toshkent davlat yuridik universiteti Xalqaro huquq va inson huquqlari kafedrasi tashabbusi bilan Xalqaro jinoyat huquqi bo‘yicha tashkil etilayotgan yozgi maktab mashg‘ulotlari ingliz tilida, onlayn o‘tkaziladi.
Har yili Niderlandiyaning Gaaga shahrida o‘tkaziladigan Xalqaro jinoyat sudi simulyatsiyasi — “ICC Moot Court Competition” xalqaro musobaqasiga bo‘lajak huquqshunoslarni tayyorlash, talabalarni xalqaro jinoyat huquqi nazariyasi va amaliyoti bilan tanishtirish maqsadida tashkil etilayotgan yozgi maktab doirasida ishtirokchilar bevosita “ICC Moot Court Competition” xalqaro musobaqasining Niderlandiyadagi tashkilotchilarining ma’ruzalari, turli xalqaro ekspert va professorlarning mahorat darslarida ishtirok etishi mumkin.
Yozgi maktab yakunida talabalar keys asosida Xalqaro jinoyat sudi simulyatsiyasini o‘tkazadi va musobaqaning asosiy jamoasiga a’zolar saralab olinadi.
Yozgi maktabda ishtirok etishni istganalar ingliz tilida suhbatlasha olishi, professional yozish ko‘nikmalarga ega bo‘lishi kerak.
👉 Maktab mashg‘ulotlarida ishtirok etmoqchi bo‘lgan talabalar 5-avgust 23:59 ga qadar quyidagi link orqali ro‘yxatdan o‘tishi kerak.. (https://forms.gle/1DmfxcubbKTwdY5n6).
“TSUL ICC” jamoasi haqidagi yangiliklar bilan “ICCMCC/TSUL” — t.me/TSUL_ICCMCC Telegram manzili orqali tanishib borish mumkin.