28 IyulIyulIyul 2025
12 ko'rishlar
“TSUL CAMP” — iqtidorli talabalar uchun yozgi ilhom manbayi
Toshkent davlat yuridik universiteti tomonidan iqtidorli talabalarini qo‘llab-quvvatlash, rag‘batlanatirish, ularning intellektual salohiyatini namoyish etishiga imkon berish, shuningdek, “Mentorlar maktabi”ni yanada rivojlantirish maqsadida Bo‘stonliq tumanidagi “Yoshlar oromgohi”da “TSUL Camp” tashkil etildi.
Loyiha doirasida mutaxassis-trenerlar tomonidan psixologik treninglar, liderlik mahoratini rivojlantirish va notiqlik mahoratini oshirish, sun’iy intellekt bilan ishlash, xalqaro va mahalliy grantlar, kitobxonlikni targ‘ib qilishga qaratilgan mahorat darslari, mashgʻulotlar, intellektual tanlov va bellashuvlar oʻtkazildi.
Shuningdek, oromgoh ishtirokchilari uchun togʻga sayohat va turli sport musobaqalari tashkil etildi.