WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
← Barcha yangiliklar
12 IyunIyunIyun 2026 26 ko'rishlar

TDIU va Nankin audit universiteti o‘rtasida qo‘shma ta‘lim dasturlari va ilmiy hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi

Joriy yilning 25-may kuni Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida Xitoyning Nankin audit universiteti professori Zhang Jinjin bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda universitet Xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektori U. Xalikov boshchiligida universitet mas’ullari ishtirok etdilar.

Uchrashuv davomida Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti hamda Nankin audit universiteti o‘rtasida qo‘shma ta’lim dasturlarini joriy etish hamda ilmiy-tadqiqot sohasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, joriy yilning 15-iyun kuni universitetga tashrif buyurishi rejalashtirilgan Nankin audit universiteti Prezidenti tashrifiga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha masalalar muhokama qilindi.

Boshqa yangiliklar