WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
← Barcha yangiliklar
06 YanvarYanvarYanvar 2026 7 ko'rishlar

Kelajak texnologiyalari sari: BuxDU va nufuzli innovatsiya markazi o‘rtasida ilmiy integratsiya o‘rnatildi

Buxoro davlat universitetida O‘zbekiston–Yaponiya yoshlar innovatsiya markazi delegatsiyasi ishtirokida ilmiy uchrashuv tashkil etildi. Tadbirda energetika, innovatsion texnologiyalar va ilmiy ishlanmalarni tijoratlashtirish masalalari muhokama qilindi. Yaponiyalik mutaxassis Yuki Yanagida tomonidan vodorod energetikasini rivojlantirish istiqbollari yuzasidan taqdimot o‘tkazilib, zamonaviy laboratoriyalar va qo‘shma loyihalar haqida ma’lumot berildi. Uchrashuv yakunida tomonlar o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi. Mazkur kelishuv ilmiy integratsiyani mustahkamlash, tajriba almashish va yosh tadqiqotchilar uchun yangi imkoniyatlar yaratishga xizmat qiladi.

-

Boshqa yangiliklar