WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
← Barcha yangiliklar
15 FevralFevralFevral 2025 61 ko'rishlar

Bugun Qoʻqon davlat pedagogika instituti huzuridagi PhD.03/29.12.2022.Ped.132.02 raqamli Ilmiy kengashning navbatdagi yigʻilishi boʻlib oʻtdi.

Unda tadqiqotchi Otayeva Salamat Sabirovnaning “Shaxsga yo‘naltirilgan yondashuv asosida talabalarning ilmiy tadqiqot faoliyatini rivojlantirish metodikasi. (Pedagogik mahorat fanini o‘qitish misolida)" hamda Xaitov Bekzod Shuxratovichning “Talabalarning tanqidiy fikrlash ko‘nikmalarini muammoli o‘qitish texnologiyalari orqali rivojlantirish metodikasi" ("Umumiy pedagogika" fani misolida) mavzusidagi pedagogika fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishlarining dastlabki muhokamasi bo‘lib o‘tadi.

Muhokamalar davomida tadqiqot ishi atroflicha tahlil etildi. Mavzu yuzasidan savol-javoblar boʻlib oʻtdi. Kengash aʼzolari dissertatsiyaning ilmiylik darajasi yuqori ekanligini qayd etishdi.

Boshqa yangiliklar