WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
← Barcha yangiliklar
16 AprelAprelAprel 2024 56 ko'rishlar

Xorijiy talabalar diqqatiga!

O‘zbekiston davlat konservatoriyasida o‘qish istagini bildirgan xorijiy fuqarolarga Xalqaro aloqalar bo‘limi quyidagilarni ma’lum qiladi:

O‘zbekiston davlat konservatoriyasida o‘qish istagini bildirgan  xorijiy fuqarolarga Xalqaro aloqalar bo‘limi quyidagilarni ma’lum qiladi:

Bakalavriat bosqichida tahsil olish to‘lov-shartnoma asosida bo‘lib, 1-yilga 3300 AQSh dollari etib tayinlangan. Yotoqhona bilan ta’minlanasiz. Yotoqhona uchun 1 oyga 300000 so‘m etib tayinlangan.

Magistraturada tahsil olish to‘lov-shartnoma asosida bo‘lib, 1-yilga 3630 AQSh dollari etib tayinlangan. Bakalavriat va Magistratura bosqichida kutubxona va fonotekadan bepul foydalashingiz mumkin. Ta’lim o‘zbek va rus tillarda olib boriladi. Bakalavriat va Magistratura bosqichlarini muvaffaqiyatli tugatganingizdan so‘ng Sizga o‘zbek, rus va ingliz tillarida diplom beriladi. O‘zbekiston davlat konservatoriyasi rahbariyati 2024-yil  25-iyundan 5 iyulgacha   Bakalavriat bosqichiga xujjatlar topshishingiz hamda qabul imtihonlarini topshirish mumkin.

Magistraturaga xujjatlar 1-iyuldan 30 iyulgacha qabul qilinadi.  O‘zbekiston Respublikasiga kirish vizasi  Sizga 1 oy muddatga beriladi, shu vaqt mobaynida imtihon topshirib, shartnoma tuzilib hujjatlar rasmiylashtiriladi. O‘zbekiston Respublikasiga kirish vizasini olishingiz uchun O‘zbekiston davlat konservatoriyasi manziliga (rus yoki o‘zbek tiliga o‘girilgan va davlat notarial idorasida tasdiqlangan) quyidagi hujjatlarni yuborishingiz lozim:

               

  • Milliy pasport nusxasi
  • Diplom nusxasi
  • Rasm  ¾ -  10 dona
  • Ish joyingizdan ma’lumotnoma
  • Tibbiy ma’lumotnoma
  • Rezume

 

Boshqa yangiliklar