WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
← Barcha yangiliklar
25 OktabrOktabrOktabr 2025 50 ko'rishlar

Mini-futbol musobaqasi g‘oliblari aniqlandi

Qo‘qon davlat universitetida “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida tashkil etilgan mini-futbol musobaqasi nihoyasiga yetdi. Turnir davomida talabalar o‘rtasida g‘alabaga intilish muhiti hukm surdi. San’at va sport fakulteti hamda Tabiiy fanlar va iqtisodiyot fakulteti jamoalari yarim final bosqichigacha yetib kelishdi.

“Yoshlik” o‘yingohida bo‘lib o‘tgan yarim final bahslarida San’at va sport fakulteti jamoalari yuqori mahorat va jipslik namunasini ko‘rsatib, final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

Hal qiluvchi bahsda San’at va sport fakulteti 3-jamoasi ayni fakultetning 1-jamoasiga qarshi kuch sinashdi. Uchrashuv murosasiz kechdi va natijada 1-o‘rinni San’at va sport fakulteti 3-jamoasi, 2-o‘rinni San’at va sport fakulteti 1-jamoasi, 3-o‘rinni esa Tabiiy fanlar va iqtisodiyot fakulteti jamoasi egalladi.
 

Boshqa yangiliklar