“Yil talabasi” tanlovning institut bosqichi g‘oliblari aniqlandi
Qo‘qon davlat pedagogika institutida “Yil talabasi” tanlovning institut bosqichi o‘tkazildi. Joriy yilda tanlov yakuniy bosqichiga fakultet bosqichida g‘olib deb topilgan jami 30 nafardan ortiq talaba hujjat topshirdi. Hujjatlar ishchi guruhi tomonidan 7 ta nominatsiya bo‘yicha ko‘rib chiqildi va baholandi.
Tanlov g‘oliblari
1. “Yilning o‘z mutaxassisligi bo‘yicha eng bilimdon talabasi” – Abdullayeva Dilzodaxon Axadjon qizi (O‘zbek va rus filologiyasi fakulteti);
2. “Yilning eng faol targ‘ibotchi talabasi” – Xoshimov Muhammadiso Bahodir o‘g‘li (Xorijiy filologiya fakulteti talabasi);
3. “Yilning eng faol ixtirochi-innovator talabasi” – Asatov Alibek Vladimir o‘g‘li (Pedagogika va ijtimoiy fanlar fakulteti talabasi);
4. “Yilning eng faol sportchi talabasi” – Murodaliyeva Musharrafxon Tohirjon qizi (Amaliy fanlar fakulteti talabasi);
5. “Yilning eng faol iqtidorli talabasi” – Erkaboyeva Odinaxon Elbek qizi (Amaliy fanlar fakulteti talabasi);
6. “Yilning eng faol ijodkor talabasi” – Sotiboldiyev Dilhayot Qobiljon o‘g‘li (O‘zbek va rus filologiyasi fakulteti talabasi);
7. “Yilning eng faol tadbirkor talabasi” – Abubakrova Sevara Sunnatilla qizi (O‘zbek va rus filologiyasi fakulteti talabasi).