WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
← Barcha yangiliklar
28 IyunIyunIyun 2025 76 ko'rishlar

Universitet jamoasi “Dolzarb 90 kun” tadbirlarida faol ishtirok etmoqda.

2025-yil 26-iyun kuni Qo‘qon shahridagi “Yoshlar” bog‘ida “Bir bo‘lsak – yagona xalqmiz, birlashsak – Vatanmiz” shiori ostida keng ko‘lamli gala-konsert dasturi bo‘lib o‘tdi.

Mazkur tadbir O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining topshirig‘iga asosan amalga oshirilayotgan “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida tashkil etildi. Tadbirning asosiy maqsadi yoshlarga milliy qadriyatlar, vatanparvarlik va ijtimoiy faollik g‘oyalarini singdirish, ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etishdan iborat bo‘ldi.

Tadbirda Qo‘qon davlat universiteti professor-o‘qituvchilari va talabalarining faol ishtiroki alohida e’tiborga sazovor bo‘ldi. Universitet jamoasi tomonidan uyushtirilgan madaniy-ma’rifiy chiqishlar, sahna ko‘rinishlari hamda tashkiliy ko‘mak bayramga o‘zgacha ruh bag‘ishladi.

Qo‘qon davlat universiteti jamoasi “Dolzarb 90 kun” doirasidagi barcha tadbirlarda tashabbuskor, faol va namunali ishtirok etmoqda.

Boshqa yangiliklar