WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
← Barcha yangiliklar
07 IyulIyulIyul 2025 60 ko'rishlar

Qo‘qon davlat universiteti jamoasi gala konsertda faol ishtirok etdi.

Joriy yilning 6-iyul, shanba kuni Qo‘qon shahridagi “Yoshlar” bog‘ida “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida navbatdagi yirik madaniy-ma’rifiy tadbir – gala-konsert dasturi bo‘lib o‘tdi. Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining topshirig‘iga muvofiq, yoshlar orasida vatanparvarlik tuyg‘ularini kuchaytirish, milliy qadriyatlarimizni keng targ‘ib qilish va bo‘sh vaqtni mazmunli tashkil etish maqsadida tashkil etildi.

Ushbu gala-konsertda Qo‘qon shahar Madaniyat bo‘limi hamda Qo‘qon davlat universiteti jamoasi – professor-o‘qituvchilar va talaba-yoshlari faol ishtirok etdi. Ularning tayyorlagan sahna chiqishlari, badiiy ko‘rinishlar va musiqiy dasturlar tomoshabinlar e’tiborini qozondi hamda tadbirga alohida fayz bag‘ishladi.

Konsert doirasida viktorinalar o‘tkazilib, faol ishtirok etgan yoshlar esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi. Bu esa intellektual va ma’naviy rivojlanish uchun rag‘bat bo‘ldi.

Boshqa yangiliklar