WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
← Barcha yangiliklar
12 IyunIyunIyun 2026 28 ko'rishlar

TDIUda Belarus milliy texnika universiteti talabalari ishtirokidagi “Summer School” xalqaro dasturi muvaffaqiyatli yakunlandi.

Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida “Ta’lim turizmi – yangi bilim, yangi tajriba” tamoyili asosida Belarus milliy texnika universiteti talabalari ishtirokida “Summer School” xalqaro ta’lim dasturi muvaffaqiyatli amalga oshirildi.

Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida “Ta’lim turizmi – yangi bilim, yangi tajriba” tamoyili asosida Belarus milliy texnika universiteti talabalari ishtirokida “Summer School” xalqaro ta’lim dasturi muvaffaqiyatli amalga oshirildi.

Mazkur dastur doirasida ishtirokchilar o‘quv mashg‘ulotlarida faol qatnashib, o‘z akademik bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlash bilan birga, turli madaniy-ma’rifiy tadbirlarda ham munosib ishtirok etdilar.

Dastur ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasidagi hamkorlikni yana-da mustahkamlash, o‘zaro tajriba almashinuvini kengaytirish hamda xalqaro akademik muhitni rivojlantirishga xizmat qildi.

Dastur yakunida tantanali taqdirlash marosimi tashkil etildi. Unda dastur ishtirokchilari Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rektori T. Teshabayev hamda xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektor U. Xalikov tomonidan sertifikatlar bilan taqdirlandi. Shuningdek, talabalarining bilim olishga bo‘lgan intilishi, faolligi va xalqaro hamkorlikni rivojlantirishdagi hissasi alohida e’tirof etildi.

Tadbir yuksak tashkiliy darajada, samimiy va do‘stona muhitda o‘tkazilib, ishtirokchilarda yorqin va unutilmas taassurotlar qoldirdi.

Boshqa yangiliklar