WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
← Barcha yangiliklar
19 DekabrDekabrDekabr 2024 34 ko'rishlar

Talabaning ota-onasiga Misrga sayohat yo‘llanmasi berildi.

Xabaringiz bor, Qo‘qon davlat pedagogika instituti rektorining tashabbusi bilan Bosh qomusimizning mazmun-mohiyatini keng targ‘ib etish orqali yoshlarning siyosiy-huquqiy bilimini oshirish, ijtimoiy-siyosiy jarayonlarda faolligini ta’minlash maqsadida o‘tkazilgan “Konstitutsiya bilimdoni” tanlovi g‘oliblar nomi e’lon qilindi.

Bu yilgi tanlovning test, savol-javob shartlarida ishtirokchilar Konstitutsiyamizning hayotimizdagi o‘rni hamda ahamiyatiga doir bilim va tushunchalarini sinovdan o‘tkazdi. Murakkab bo‘lgan sinovlarda eng yuqori ball to‘plab g‘oliblikni qo‘lga kiritgan Pedagogika va ijtimoiy fanlar fakulteti talabasi Mirjalol G‘ulomovning ota-onasi bugun Qo‘qon davlat pedagogika institutiga taklif etildi.

Moliya va iqtisod ishlar bo‘yicha prorektor Jasur A’zamov bilan o‘tgan uchrashuvda Mirjalol G‘ulomovning ota-onasiga Misrning Sharm al-Shayx shahriga ikki kishilik sayohat yo‘llanmasi topshirildi.

Farzandi tanlovda g‘olib bo‘lib, bosh sovrin sifatida xorijga sayohat yo‘llanmasi bilan ota-onalarning taqdirlanishi G‘ulomovlar oilasi uchun haqiqiy bayram tuhfasi bo‘ldi.

Boshqa yangiliklar